
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22-23 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar olib borish hamda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan ham uchrashishi kutilmoqda.
Tashrifdan maqsad Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish va xavfsizlik hamda xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham olib boriladi. Muzokaralar chog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga ham to‘xtalib o‘tish rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tashqi ishlar vazirligi Xitoy bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralar davom ettirilayotgani haqida izoh bergandi.