Yangiliklar

259 ta tashkilotda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy qilindi

monopoliyaga qarshi komplayens
259 ta tashkilotda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy qilindi / Foto: tashatuvango / www.depositphotos.com

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mamlakat miqyosida 259 ta tashkilotda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etildi.

Ularning tarkibida 64 ta tabiiy monopoliya subyektlari, 78 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar, 49 ta davlat ishtirokidagi korxonalar, 33 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va 35 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mavjud.

2025-yilning I choragida ushbu tizim quyidagi muhim tashkilotlar faoliyatiga ham tatbiq qilindi:

  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,
  • «Tok bor» MCHJ,
  • «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» MCHJ,
  • «Payme» AJ,
  • «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MCHJ.

Komplayens tizimining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • davlat va xo‘jalik subyektlari faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqligini ta’minlash va monitoring qilish;
  • qonunbuzilish xatarlarini boshqarish va oldini olish;
  • insofli raqobat muhitini shakllantirish va uni tartibga solish.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zbekenergota’mir»ga iqtisodiy konsentratsiya bitimi bo‘yicha rozilik berilgani haqida xabar bergan edi.