ChatGPT endi suratlarni ham tahlil qila oladi

OpenAI yangi sunʼiy intellekt modellarini taqdim etdi. Bu haqda Engadget nashri xabar bermoqda.
Yangi o3 va o4-mini modellarining eng asosiy yangiligi – ular matndan tashqari suratlarni ham tahlil qilish qobiliyatiga ega. Ular foydalanuvchidan yuklangan tasvirlarni tushunib, savollarga javob bera oladi.
OpenAI o3 modelini hozirgacha eng ilgʻor mantiqiy fikrlovchi sun’iy intellekt deb atadi. U matematik masalalar, kod yozish va ilmiy tahlillarda yuqori samaradorlik koʻrsatmoqda. o4-mini esa yengil va tez ishlovchi versiya boʻlib, resurslarni kam sarflaydi.
Shuningdek, kompaniya Codex CLI nomli yangi kod yozish agentini ham eʼlon qildi. Bu vosita dastlab yangi modellar bilan ishlaydi, yaqin orada esa GPT-4.1 versiyasi bilan ham integratsiya qilinadi.
Yangi imkoniyatlardan ChatGPT Plus, Pro va Team obunachilari foydalana oladi. OpenAI yaqin haftalarda o3-pro nomli kuchliroq modelni ham taqdim etmoqchi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri sun’iy intellektning zararlari haqida yozgan edi.