Avto

Chevrolet avtomobillarining savdosi pasaydi – jadval

Kia sotuvlarida oʻsish kuzatilgan
Chevrolet avtomobillari savdosi pasaydi / Foto: UzAutoMotors

«Oʻzavtosanoat» AJ ma’lumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar – mart oylarida Chevrolet avtomobillari savdosi 62,2 mingtani tashkil etgan. Bu oʻtgan yilgiga (77,1 ming) nisbatan 20 foizga kamayganini bildiradi.

Boshqa brendlarda oʻsish qayd etilgan. Jumladan, KIA 54,5 foizga, BYD esa 22,6 foizga yuqorilagan.

Eng koʻp xarid qilingan modellar bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin:

ModelSoni
Chevrolet Cobalt29 ming
Chevrolet Damas15, 4 ming
Chevrolet Tracker7,15 ming
Chevrolet Labo5,8 ming
Chevrolet Onix4,05 ming
Kia Sonet3,9 ming
BYD Song Plus DM-i Chempion1,4 ming
BYD Chazor927
BYD Song Pro DM802
Chery Tiggo730

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt narxidagi uzoq masofaga moʻljallangan krossover taqdim etilgani haqida yozgan edi.