
18-aprel kuni bir AQSh dollarining rasmiy kursi 30,16 soʻmga tushib, 12 964,43 soʻmni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 905 – 12 970 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 995 – 13 055 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 17,40 soʻmga pastlab, 14 744,45 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,60 so’mga ko’tarilib 158,28 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.