Yangiliklar

Dunyodagi eng go‘zal joylar reytingi: Registon 40-o‘rinda

Sayohatchilarning fikrlari asosida
Registon
Eng go‘zal joylar reytingi: Registon 40-o‘rinda / Foto: Inapptravel.com

Samarqanddagi Registon maydoni dunyodagi eng go‘zal 44 ta joydan biri sifatida e’tirof etdi. Bu haqda TimeOut jurnali sayohatchilarning fikrlariga tayanib ro‘yxat tuzdi.

Registon maydoni ushbu ro‘yxatda 40-o‘rinda turibdi. Samarqandga sayohat qilgan mehmonlar bu tarixiy joyni quyidagicha ta’riflashdi:

«Uchta ulug‘vor inshoot bilan o‘ralgan keng maydon – Registon, Samarqandning qadimiy yuragi, zamonaviy O‘zbekistondagi Ipak yo‘lining ramzi hisoblanadi. XV-XVII asrlarda bunyod etilgan uchta madrasa – ravoqli peshtoqlar, yaltiroq gumbazlar va baland minoralar bilan betakror manzara yaratadi. G‘isht, koshin va mozaikalardan yasalgan geometrik naqshlar bu binolarga beqiyos joziba bag‘ishlaydi».

Ma’lumot uchun, TimeOut – dunyoning 60 dan ortiq shaharlarida ko‘ngilochar va madaniy hayot haqida haftalik jurnallar nashr etadigan xalqaro kompaniya hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Olmaota va Ostona aeroportlari mintaqada eng yaxshisi deb topilgani haqida yozgandi.