
Kriptobozordagi likvidlikning pasayishi AQSh olib borayotgan savdo urushi bilan bog‘liq. Bu haqda Binance kompaniyasining Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Afrika bo‘yicha direktori Kiril Xomyakov Crypto Week Uzbekistan 2025 forumida aytdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, investorlar va yirik treyderlar xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yib, birjalardan mablag‘larini olib chiqib ketmoqda.
«Ko‘pchilik treyderlar va kriptomagnatlar birjalardan pullarini olib chiqmoqda, bu esa bozor likvidligini pasaytirib yubordi. Bunday holat, asosan, AQShning savdo urushidan kelib chiqmoqda», — dedi Xomyakov.
Unga ko‘ra, global siyosiy beqarorlik va iqtisodiy bosim kriptobozoridagi ishonchni pasaytirib, likvidlik tanqisligini kuchaytirgan. Bu esa kriptobozorining o‘sishini sekinlashtirishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Binance’da sun’iy intellekt bilan integratsiya hali bo‘lmasligi haqida xabar bergan edi.