
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida 3,4 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
«D.C.» MCHJga qarashli AGTKSHda jamiyat mansabdor shaxslari «avtopilot-pro» rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi ta’sir koʻrsatib, 3,4 mlrd soʻmlik 1,9 mln kub metr tabiiy gazni oʻgʻirlagan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jinoyat protsessi ishtirokchilariga toʻlovlar belgilangani haqida yozgan edi.