
2025-yil 24–26-iyun kunlari Samarqandda BMTning davlat xizmatlari boʻyicha yillik global forumi (UNPSF) boʻlib oʻtadi. Bu tadbir BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (UN DESA) koʻmagida tashkil etiladi.
Forumda xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va fuqarolik jamiyati aʼzolari ishtirok etadi. Tadbirda raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvida islohotlar, innovatsiyalar va inklyuzivlik masalalari muhokama qilinadi.
UNPSF Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» majmuasida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BMT ekspertlari O‘zbekistonga cho‘llanishga qarshi kurashishda yordam berishi haqida yozgan edi.