O‘zbek urani AES yonilg‘i xarajatlarini qanchalik kamaytiradi

eʼlon qilindi
Bu haqda stansiya qurilishi direksiyasi direktor o‘rinbosari Atabek Omonov so‘zlab berdi

Jizzaxda qurilayotgan atom elektr stansiyasida kelajakda O‘zbekistonda qazib olinadigan urandan foydalanish mumkin. Bu haqda AES qurilishi direksiyasi direktor o‘rinbosari Atabek Omonov Sputnik Uzbekistan matbuot markazida ma’lum qildi.

Uning fikricha, mahalliy uran yonilg‘i xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, Omonov «Navoiyuran» korxonasi uran yetkazib berishga tayyorligini tasdiqlaganini qo‘shimcha qildi.

Hozircha esa yonilg‘i yetkazib berish uchun Rossiyaning TVEL kompaniyasi mas’ul hisoblanadi. Mutaxassisning aytishicha, mazkur kompaniya atom elektr stansiyalari uchun yonilg‘i eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi.

Omonovning qayd etishicha, yonilg‘ini har besh-olti yilda almashtirib turish kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, ishlatilgan yonilg‘ini olib chiqish va uni qayta ishlash ishlarini «Rosatom» amalga oshiradi. Qayta ishlangan uranning ba’zi komponentlari esa yana respublikaga qaytarilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Rosatom» – bunday xizmatni taklif qiladigan yagona kompaniya hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya kompaniyasi Oʻzbekistonda kichik GESlar qurishi haqida yozgan edik.

Shuningdek