Yangiliklar

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ aktivlari savdoga qo‘yildi

Prezidentning davlat ishtirokini iqtisodiyotda qisqartirish qaroriga muvofiq
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ aktivlari savdoga qo‘yildi / Foto: Mintrans

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalarning aksiyalari hamda ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yilmoqda. Bu haqda jamiyat rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Bu jarayon Prezidentning davlat ishtirokini iqtisodiyotda qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid bir qator qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Aktivlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazilib, ochiq savdolar orqali investorlarga taklif etiladi. Sotib olishga qiziqish bildirgan investorlar agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

Sotuvga qo‘yilayotgan obyektlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
railway.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Matbuot uyi» xususiy investorga berilmagani haqida yozgan edik.