
O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Indoneziya ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va Jahon chempionati IV divizionida 4 o‘yindan so‘ng 10 ochko bilan turnir jadvalining yuqori pog‘onasiga chiqdi. Bu haqda Xokkey federatsiyasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, oldinda shanba kungi turnir autsayderi Malayziya termasiga qarshi o‘yin bor. Chempionlikni qo‘lga kiritish uchun O‘zbekiston asosiy vaqtda g‘alaba qozonishi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quvayt Armanistonni mag‘lub etdi, O‘zbekiston peshqadamga aylangan edi.