Yangiliklar

O‘zbekistonda lotereya va bukmekerlik litsenziyalanadi

ILMAga bir nechta vakolatlar berildi
Lotereya, bukmekerlik
O‘zbekistonda lotereya va bukmekerlik litsenziyalanadi / Foto: sinenkiy / depositphotos.com

Yangi qabul qilingan qonunga muvofiq, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA)ga kapital va sug‘urta bozorlarini tartibga solish, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha vakolatlar yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga sug‘urta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obro‘siga qo‘yiladigan yangi talablar kiritilmoqda. Bu orqali sug‘urta bozori ishtirokchilarining professionalligi va ishonchliligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, endilikda quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:

  • lotereyalar tashkil etish;
  • bukmekerlik faoliyati;
  • Internet orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.

Avvalroq «Kursiv» Oliy Majlis Senati O‘zbekistonda bukmekerlik kontoralari va qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagani haqida yozgandi.