Shaxsiy maqsadlar sari qadam: O‘zbekistonda kredit olish shartlari qanday

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kursiv Uzbekistan AVO bank Boshqaruvi a’zosi Igor Kim bilan kredit kartalarining imkoniyatlari va xavf-xatarlari haqida suhbatlashdi
sum
Foto: MaksymKapliuk / www.depositphotos.com

Yildan-yilga ko‘proq o‘zbekistonliklar shaxsiy maqsadlariga erishish uchun bank xizmatlarini tanlamoqda. Jahon bankining Global Findex ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda bank hisobvaraqlariga ega fuqarolar ulushi deyarli ikki baravar oshib, 44% yetgan. Shunga qaramay moliyaviy muassasalarga bo‘lgan ishonchsizlik hali ham aholining kreditdan foydalanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biridir. Ushbu maqolada ishonchli bankni qanday tanlash va kredit rasmiylashtirishda nimaga e’tibor berish kerakligi haqida so‘z yuritiladi.

Nega kredit olish kerak

Kredit shaxsiy maqsadlar, avtomobil xarid qilish, uy-joyni ta’mirlash, o‘qish uchun to‘lov qilish yoki kundalik mayda xarajatlarni qoplash kabi ehtiyojlar uchun zarur bo‘lishi mumkin. Biroq shuni unutmaslik kerakki, bunday qarzlar ma’lum majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun kreditni faqat kelgusidagi daromad va xarajatlaringizni aniq tushungan holda olish tavsiya etiladi.

O‘zbekistonda kreditga bo‘lgan talab ortib borayotganini statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. 2025-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, respublika fuqarolarining banklardagi kredit portfeli qariyb 180 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu bir yil avvalgiga nisbatan 20% yuqori.

Ishonchli bankni qanday tanlash kerak

Litsenziya va nazorat

Bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan litsenziyaga ega ekanligiga va uning qonuniy faoliyat yuritayotganiga ishonch hosil qiling. Bu ushbu moliyaviy muassasa qat’iy nazorat ostida ishlashi va faoliyati amaldagi qonunchilik asosida tartibga solinishi kafolatlanishini bildiradi.

Bank obro‘si va reytingi

Bankning obro‘si va reytingi uning moliyaviy barqarorligi, xizmat ko‘rsatish sifati va mijozlarga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Ixtisoslashgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi mustaqil platformalarda e’lon qilingan sharhlar bilan tanishib chiqing. Ko‘pincha salbiy izohlar ustun bo‘ladi, chunki odamlar norozi bo‘lganida fikr bildirishga moyilroq bo‘lishadi. Shunga qaramay, bank obro‘sini baholash uchun obyektiv yondashuvlar mavjud.

Bankning ommaviy platformalardagi salbiy izohlarga qanday munosabat bildirayotganini kuzating. Ishonchli banklar shikoyatlarga tezkor javob beradi, muammoni hal etish bo‘yicha aniq takliflar beradi va mijozlarga yordam berishga tayyor ekanini ko‘rsatadi. Agar bank tanqidga e’tibor qaratmasa yoki faqat rasmiy va yuzaki javoblar bilan cheklansa, bu mijozlarga befarq munosabat belgisi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, boshqa banklar haqidagi sharhlar bilan tanishish ham foydalidir. Bu orqali siz muammolar butun bank sektoriga xosmi yoki aynan tanlangan bankka oid noyob holatlarmi – shuni aniqlashingiz mumkin. Masalan, agar ko‘plab banklar yuqori foiz stavkalari uchun tanqid qilinsa, bu alohida muassasaning kamchiligi emas, balki umumiy bozor tendensiyasi bo‘lishi mumkin.

Foiz stavkalari va kredit shartlari

Foiz stavkalari, komissiyalar va boshqa kredit shartlarini solishtiring. Ba’zi banklar maqsadli kreditlar, masalan, ipoteka, avtokredit yoki kredit karta egalari uchun – alohida imtiyozli shartlar taklif qilishi mumkin.

Kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin

Bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab banklar raqamli xizmatlarni rivojlantirmoqda, bu esa kredit rasmiylashtirish jarayonini yanada qulaylashtirmoqda. Mobil ilova orqali ariza topshirish imkoniyati mijozga vaqtni tejash, bank bo‘limiga bormasdan turib kredit olish imkonini beradi. An’anaviy kreditlar bilan bir qatorda, so‘nggi yillarda mijozlar orasida kredit kartalariga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda – ularni masofadan turib rasmiylashtirish mumkin va ular moslashuvchan shartlarga ega qulay moliyaviy vosita hisoblanadi.

Bank tanlash bo‘yicha yuqoridagi tavsiyalarni inobatga olgan holda, AVO bank misolida kredit kartasini qanday rasmiylashtirish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

2025-yil mart oyida SNS Ratings bank ilovalari bo‘yicha yangi reytingni e’lon qildi. Unda AVO bank o‘rtacha pozitsiyani egallab, 100 balldan 73,65 ball to‘pladi. Taqqoslash uchun, bank bir yil avval bu reytingda 54,10 ballga ega edi. Bu esa AVO bankning raqamli xizmatlarini takomillashtirish borasidagi harakatlarini ko‘rsatadi. Taqqoslash uchun: eng yuqori reytingga ega ilova 96,55 ball, eng past reytingga ega ilova esa 55,27 ball oldi.

Kredit kartasi rasmiylashtirish shartlari bilan bankning rasmiy veb-sayti (avo.uz) yoki mobil ilovasi orqali tanishish mumkin. AVO bank 50 million so‘mgacha bo‘lgan limit va 45 kungacha bo‘lgan imtiyozli davrga ega kredit kartasini taklif qiladi.

Foydalanishda qulaylik: qahvadan tortib yirik xaridlargacha

Foto: AVO bank Boshqaruvi a’zosi Igor Kim

AVO bank Boshqaruvi a’zosi Igor Kimning ta’kidlashicha, AVO platinum kredit kartasi kundalik ehtiyojlardan tortib yirik xarajatlargacha bo‘lgan barcha to‘lovlar uchun maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

«AVO platinum kredit kartasi orqali xaridlar uchun minimal summa bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q. Bu degani, siz kredit mablag‘idan bir chashka qahva kabi mayda xaridlar uchun ham, butun kredit limitini qamrab oladigan katta xarajatlar uchun ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Aynan mana shu moslashuvchanlik ushbu kartani kundalik hamda yirik xarajatlar uchun ideal vositaga aylantiradi», – dedi u.

Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, mijozlar kredit mablag‘laridan qanday maqsadda foydalanishni o‘zlari hal qiladilar.

«Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, kartalardan eng ko‘p jamoat transporti va restoranlarda to‘lov qilish uchun foydalaniladi. Eng yirik xaridlar esa O‘zbekistondagi hamda xorijdagi internet-do‘konlarda amalga oshirilmoqda», – deya qo‘shimcha qildi bank vakili.

Karta qanchalik ommabop va uni qanday olish mumkin

AVO bank Boshqaruvi a’zosi Igor Kim AVO platinum kartasining butun mamlakat bo‘ylab ommabopligini tasdiqlovchi aniq raqamlarni keltirdi:

«Bank faoliyatining ilk yilida 1,5 million bank kartasi chiqarildi. Bank tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarga istalgan vaqtda bank xizmatlaridan foydalanish imkonini berdi. Kartalarning 60 foizdan ortig‘i an’anaviy bank filiallari yopiq bo‘lgan paytda chiqarilgan. Ularning atigi 30 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi».

Kimning aytishicha, yana bir muhim ko‘rsatkich shundaki, mijozlarning 20 foizi bank xizmatlarini do‘stlari yoki tanishlarining tavsiyasi asosida tanlagan. Uning fikricha, bu mijozlar orasida bankka bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchni aks ettiradi.

Oldindan ma’lum komissiyalar

«Karta mijozlarning eng keng ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Xaridlar amalga oshirilganda komissiya olinmaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda, barcha xaridlar uchun 45 kunlik imtiyozli davr amal qiladi – bu davr mobaynida foizlar hisoblanmaydi», – deya izoh berdi AVO bank vakili.

Uning tushuntirishicha, kredit karta xaridlar uchun qulay, shu bilan birga zarurat tug‘ilganda undan naqd pul yechish yoki kartaga pul o‘tkazish ham mumkin. Biroq bunday operatsiyalar uchun komissiya qo‘llanilishi mumkin. Mijoz operatsiyani amalga oshirishdan avval komissiya miqdori haqida mobil ilova yoki bankomat orqali xabardor qilinadi.

Imtiyozli davrdan keyin nima bo‘ladi

Kimning ta’kidlashicha, mijoz 45 kunlik imtiyozli davr ichida qarzni to‘lamagan taqdirdagina foizlar hisoblanadi.

Agar qarz imtiyozli davr davomida qaytarilmasa, mijoz foiz to‘laydi. Bank statistik ma’lumotlariga ko‘ra, imtiyozli davr inobatga olinganda, mijozlarga foizlar xuddi yillik 33,5% stavkaga ega mikroqarz olgandek hisoblanadi. Asosiy farqi – kredit limitidan foydalanish va qarzni o‘zingizga qulay vaqtda qaytarish imkoniyati mavjud.

Yana bir muhim afzallik – imtiyozli davrni «qayta ishga tushirish» imkoniyati mavjud. Hatto mijoz qarzni to‘liq to‘lashga ulgurmay, foiz to‘lashga majbur bo‘lgan taqdirda ham, qarz to‘liq yopilgach, imtiyozli davr avtomatik tarzda qayta tiklanadi. Bu esa keyingi xaridlarni yana foizsiz amalga oshirish imkonini beradi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, mobil ilovada har doim to‘lovning aniq summasi va muddati ko‘rsatiladi.

Tezkor rasmiylashtirish va darhol faollashtirish

«Kartani rasmiylashtirish jarayoni atigi bir necha daqiqa davom etadi. Buning uchun AVO bank ilovasini yuklab olish, ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish kifoya. Karta bo‘yicha limit mijozning kredit tarixi va daromadlari asosida atigi 90 soniya ichida avtomatik tarzda aniqlanadi. Ariza ma’qullangach, karta darhol faollashadi va foydalanishga tayyor bo‘ladi», – deya izoh berdi Igor Kim.

Bank vakilining fikricha, AVO platinum ilgari faqat premium mijozlar uchun mavjud bo‘lgan xizmat darajasini keng ommaga taqdim etmoqda:

«AVO bank ommaviy segment uchun premium darajadagi xizmatni taklif etib, «to‘g‘ri» kredit kartalari bozorini shakllantirmoqda. Karta butun dunyo bo‘ylab, jumladan onlayn platformalarda to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, xarajatlarni nazorat qilish, limitlarni boshqarish va to‘lov muddatlarini kuzatish imkonini beruvchi mobil ilovaga kirish imkoniyati taqdim etiladi», – deya ta’kidladi Igor Kim.

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Ilovada ro‘yxatdan o‘tish va kartani olish uchun bank ofisiga borish shart emas – pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish va yuzni aniqlash orqali masofadan identifikatsiyadan o‘tish kifoya. Biroq, Igor Kimning ta’kidlashicha, bu qulaylik xavfsizlik darajasiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

«Onlayn to‘lovlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir operatsiyani qo‘shimcha tasdiqlashni talab qiladigan 3D Secure texnologiyasi qo‘llaniladi. Bu mexanizm ruxsatsiz pul mablag‘larini yechib olish ehtimolini istisno qiladi», – dedi bank vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mobil ilova orqali mijozlar mustaqil ravishda PIN-kodni o‘zgartirishlari, kartani bloklash yoki blokdan chiqarishlari, shuningdek, bank ofisiga bormasdan kvitansiyalar va ma’lumotnomalarni olishlari mumkin.

«AVO bank firibgarlik sxemalariga faqat javob berish bilan cheklanmaydi, balki ularga faol ravishda qarshi kurashadi. Aqlli antifrod tizimlari real vaqt rejimida ishlaydi – ular tranzaksiyalarni tahlil qilib, shubhali faollikni aniqlaydi», – deydi Igor Kim.

Biroq texnologiyalar firibgarlikka qarshi kurashning yagona vositasi emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, bank bundan tashqari mijozlar bilimini oshirishga ham sarmoya kiritmoqda. Blogerlar bilan hamkorlikda kiberjinoyatchilikka oid mini-serial suratga olingan bo‘lib, u 10 milliondan ortiq ko‘rish to‘plagan. Ushbu loyiha xavfsizlik bo‘yicha amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi.

«Agar mijozga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, xavfsizlikni ta’minlash qiyin. Shu bois AVO bankning aloqa markazi tunu kun ishlaydi. Mijozlar istalgan vaqtda murojaat qilib, firibgarlikka duchor bo‘lganda kartani darhol bloklash yoki moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha batafsil tushuntirish olishlari mumkin», – deya xulosa qildi bank vakili.

Shuningdek