Sun’iy intellektning zararlari aytildi

Missuri fan va texnologiya universiteti psixologlari sunʼiy intellektga (SI) haddan tashqari tayanish jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etdi. U insoniy munosabatlarni buzishi mumkin.
Tadqiqotga koʻra, SI gʻamxoʻrlikni taqlid qilishi mumkin, baʼzilar uchun ideal suhbatdoshga aylanishi mumkin, biroq bir nechta jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Undan foydalangan odamlar doʻstlaridan texnologiya kabi munosabat kutadi. Bu insonlar bilan aloqani buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, SI manipulyatsiya uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan shaxsiy ma’lumotlarni toʻplaydi va uning maslahati ba’zan notoʻgʻri yoki zararli boʻlishi mumkin.
Olimlar SIdan foydalanishda hushyorroq boʻlishni, hissiyot bilan bogʻliq masalalarni chat-bot bilan boʻlishmaslikni maslahat berishgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Grok yordamida hujjat va oʻyinlar yaratish mumkinligi haqida yozgan edi.