Yangiliklar

Taxiatosh tumanida 7,5 mln soʻmlik qalbaki banknotlarni sotishga urinishning oldi olindi

Qalbaki pullar 200, 100, 50 va 20 ming so‘mlik kupyuralar koʻrinishida tayyorlangan
Soxta pul
Taxiatosh tumanida 7,5 mln soʻmlik qalbaki banknotlarni sotishga urinishning oldi olindi / Foto: Videodan tasvir

Qoraqalpogʻiston Bosh bojxona boshqarmasi xodimlari qalbaki pul mablagʻlarini tayyorlash va tarqatish bilan shugʻullangan jinoiy guruh a’zolarini qoʻlga oldi. Bu haqda Bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Taxiatosh tumanida oʻtkazilgan maxsus tadbir davomida jinoyatchilardan biri 7,5 mln soʻmlik qalbaki banknotlarni 2,5 mln soʻm haqiqiy pulga sotmoqchi boʻlgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Qoʻlga olingan shaxsning koʻrsatmalari asosida boshqa gumonlanuvchilarning uylarida tintuv oʻtkazilib, tergov jarayonida noutbuk, rangli printer, qalbaki pullarni yasashda foydalanilgan asboblar – turli oʻlchamdagi qaychi va oʻlchagichlar olib qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida 3,4 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlangani haqida yozgan edi.