
Rossiya Oliy sudi Bosh prokuratura da’vosi asosida Tolibon harakatining Rossiya hududidagi faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni vaqtincha to‘xtatdi va uni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga hukm chiqardi, deb xabar bermoqda Interfax.
Prokuratura fikricha, toliblar terrorizmni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan. Shu asosda idora 2025-yil mart oyida Tolibonga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan edi.
Bunga bir necha oy qolganida, Rossiyada terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritilgan edi. Ushbu tuzatmalar tashkilotlarni terroristiklar ro‘yxatidan chiqarish tartibini belgilab bergan. Ko‘pchilik bu o‘zgarishni Rossiyaning Afg‘oniston hukumati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan intilishi bilan bog‘lagan edi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Tolibon harakatini 2003-yilda terroristik tashkilot deb e’lon qilgan. Bunga sabab sifatida harakatning chechenistonlik separatistlarni qo‘llab-quvvatlagani va Rossiyaga qarshi jihodga chaqiriqlari ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochilishi haqida yozgan edik.