
Milliarder Alisher Usmonov Forbes Russia talqini bo‘yicha 2025-yil uchun Rossiyaning eng boy odamlari reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Nashr jami 146 milliarderni ro‘yxatga kiritgan.
Forbes Usmonovning boyligini $16,7 mlrdga baholagan. Yil davomida u $3,3 mlrdga o‘sdi. 2022-yildan buyon kelib chiqishi o‘zbekistonlik milliarder Toshkentda istiqomat qiladi. Corriere Della Sera gazetasiga bergan intervyusida u sanksiyalarga qarshi kurashni davom ettirayotganini aytdi.
Forbes jurnali rossiyalik neft magnati Vagit Alekperovni 28,7 mlrd boyligi bilan birinchi o‘ringa qo‘ydi. Keyingi o‘rinlarda Aleksey Mordashov va Leonid Mixelson – mos ravishda $28,6 mlrd va $28,4 mlrd.
Reytingni tuzishda nashr milliarderlarning aktivlari va shaxsiy mulklari qiymati kabi mezonlarni hisobga oladi. Ularga tegishli kompaniyalar kapitallashuviga qarab baholanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ilk bor o‘zbekistonlik Forbes ro‘yxatidan joy olgani haqida xabar bergan edi.