ILMA iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan shikoyat qildi

eʼlon qilindi
Uning yozgan posti «obro‘sizlantirish»ga urinish sifatida baholagan
Otabek Bakirov
Foto: «Ular» loyihasi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) iqtisodchi Otabek Bakirovning ustidan shikoyat qildi. Bu haqida Bakirov ma’lum qildi.

Bunga sabab sifatida uning Telegram-kanalida e’lon qilingan «Qonunsiz superregulyator» sarlavhasidagi posti ko‘rsatilgan.

ILMA hozircha Kursiv Uzbekistan nashriga Bakirov bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh bermasligini aytdi. Nashr Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ham rasmiy so‘rov yuborgan.

Bakirovning aytishicha, ILMA uning Temu marketpleysining bloklanishi va agentlik harakatlari haqida yozgan postini «obro‘sizlantirish»ga urinish sifatida baholagan. Iqtisodchi bu borada Toshkent shahar IIBga tushuntirish xati yozganini aytdi.

Shuningdek, u Temu bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan to‘rtta post yozgan, biroq agentlik faqat bittasiga munosabat bildirgan.

Bakirov «Qonunsiz superregulyator» postida ILMA bugungi kunda sug‘urta, kapital, kriptoaktivlar bozorlarini nazorat qilayotgani, shu tariqa superregulyatorga aylanganini ta’kidlagan.

«Hozir hech kim eslamaydi, aslida bu agentlik 2017-yilda butunlay boshqa vazifalar va maqsadlar bilan tashkil etilgandi», – deb yozgandi u.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sobiq deputat Rasul Kusherbayevning Samarqand – Abu-Dabi yoʻnalishi bilan Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha Raqobat qoʻmitasiga murojaat qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek