Uzcard: Bank kartalarini chiqarishda kechikishlar bo‘lishi mumkin
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Jarayon yaqin kunlarda to‘liq tiklanishi kutilmoqda

Uzcard kompaniyasi bank kartalarini muomalaga chiqarish bo‘yicha profilaktika ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Texnik qiyinchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Shu sababli yangi arizalarni ko‘rib chiqishda kichik kechikishlar yuzaga kelishi mumkin.
«Barcha xizmatlar, jumladan, hisob operatsiyalari va tranzaksiyalar odatdagidek ishlamoqda», – deyiladi rasmiy bayonotda.
Kartani chiqarish jarayoni yaqin kunlarda to‘liq tiklanishi kutilmoqda. O‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzсard bolalar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasining bemorlariga moʻljallangan bolalar maydonchasini qurgani haqida xabar bergan edi.