Yangiliklar

Zarafshonda Yandex Go ish boshladi

Yo‘l narxi ikki ming so‘mdan boshlanadi
Yandex
Zarafshonda Yandex Go ish boshladi / Foto: Yandex Uzbekistan

Yandex Go taksi xizmati Navoiy viloyati Zarafshon shahri aholisi uchun ishga tushirildi. Bu haqda Yandex Uzbekistan «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.

Endilikda shahar aholisi va mehmonlari ilova orqali oʻzlari xohlagan turdagi avtomobilga buyurtma berishlari mumkin. Xizmat avtomatik ravishda narxni hisoblab chiqadi va avtomobilni tanlaydi. Yoʻlning minimal narxi ikki ming soʻmdan boshlanadi.

Zarafshon Oʻzbekistonda Yandex Go xizmati ishlayotgan 17-hudud boʻldi. Ayni paytda kompaniya tomonidan taksi buyurtmalari aksariyat viloyat markazlari – Xiva, Qoʻqon va Margʻilon shaharlarida faoliyat koʻrsatmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yandex Market Oʻzbekistonda ish boshlagani haqida yozgan edi.