Yangiliklar

18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor
18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Pexels.com

18-aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ko‘plab hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Toshkent shahri va viloyatida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, havo 22-24 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar ehtimoli bor, harorat 18-23 daraja.

Buxoro va Navoiyda ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shamol kuchayadi, havo harorati 18-23 daraja atrofida bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda kechga yaqin yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ehtimoli mavjud, harorat 20-25 darajagacha ko‘tariladi.

Qashqadaryoda yomg‘irli, shamolli kun bo‘ladi, kunduzi havo 25 darajagacha isiydi. Surxondaryoda ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin, harorat eng yuqori – 28-33 daraja.

Andijon, Namangan va Farg‘onada kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi havo 21-26 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik va sel xavfi mavjud, harorat 15-20 daraja atrofida bo‘ladi.