Aviasales «Yo‘lovchi» saytini ishga tushirdi
eʼlon qilindi
Barcha materiallar o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi

Aviasales kompaniyasi O‘zbekiston aholisi va mehmonlari uchun sayohat portalini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.
«Yo‘lovchi» saytida ekspertlarning qo‘llanmalari, sayohatchilar uchun maslahat va tavsiyalar, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga sayohat haqida maqolalar chop etiladi. Barcha materiallar o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi.

Hozirda veb-saytda homiladorlik paytida qanday sayohat qilishni va samolyotda narsalarni unutgan taqdirda nima qilish kerakligini haqida ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, sayt mutaxassislari vizasiz yo‘nalishlar haqida ham o‘rtoqlashib boradi.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways reyslari internet bilan ta’minlanishi haqida yozgandi.