BYD Sealion modelining narxi ma’lum qilindi

18-aprel 2025 16:44 eʼlon qilindi

(18-aprel 2025 23:02 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
BYD
BYD Sealion modelining narxi qancha / Foto: CarNewsChina

BYD kompaniyasi 2025-yil 18-aprel kuni oʻzining Sealion 07 DM-i Intelligent Driving versiyasi uchun sotuvlarni eʼlon qildi. BYD Sealion modelining narxi uch xil variantda taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri maʼlum qildi.

Avtomobil «Ocean Aesthetics» dizayn tili asosida yaratilgan boʻlib, toʻlqin va suv tomchilari elementlarini oʻzida mujassam etgan. Uning oʻlchamlari 4,880×1,920×1,750 mm boʻlib, gʻildirak bazasi 2,820 mmni tashkil etadi.

BYD / Foto: CarNewsChina

Avtomobil dunyodagi birinchi koʻtariluvchi va tortiluvchi dron qoʻnish maydonchasiga ega. Bu tizim dronlarning dinamik uchish va qoʻnishini hamda aqlli zaryadlash funksiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Barcha variantlar DiPilot intellektual haydovchi yordam tizimi bilan jihozlangan. 150 Smart Navigation va 150 Smart Navigation+ modellari DiPilot 100 (Godʼs Eye C) uch kamerali versiyasiga ega.

135 High-Performance Intelligent Driving versiyasi DiPilot 300 (Godʼs Eye B) lazer versiyasini oʻz ichiga oladi. Bu tizimlar svetoforlarni tanib olish, avtomatik yoʻl oʻzgartirish kabi ilgʻor funksiyalarni taqdim etadi.​

BYD / Foto: CarNewsChina

Bateriya toʻliq zaryadsizlangan holatda NEDC birlashtirilgan yoqilgʻi sarfi 4.7 l/100 kmni tashkil etadi. Toʻliq zaryadlangan batareya va yoqilgʻi bak bilan maksimal yurish masofasi 1,320 km gacha yetadi.

BYD / Foto: CarNewsChina

Sealion 07 DM-i modeli issiq va sovuq muzlatkich, old va orqa oʻrindiqlar uchun ventilyatsiya funksiyasi bilan jihozlangan. U isitish funksiyalari, old oʻrindiqlar uchun massaj hamda elektr oyoq tayanchi kabi qulayliklarni taklif etadi.

Avtomobil kuzov tuzilmasi, BYDning Blade Battery texnologiyasi, 10 ta havo yostigʻiga ega. Model intellektual quvvatli tormozlash tizimini taqdim etadi. U haydovchini kuzatish tizimi, 360° yuqori aniqlikdagi panoramik tasvirlash kabi ilgʻor haydovchi yordam tizimlari bilan jihozlangan.

Modelning narxi taxminan variantlariga qarab $26,300 dan $31,800 gacha boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Sealion Oʻzbekistonda qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek