Yangiliklar

Chetdan kelagan tovarlar uchun bojxona qiymati xalqaro standartlarga mos shaklda aniqlanadi

Preazident import qilinayotgan ayrim tovarlar narxi sun’iy tarzda ko‘rsatilayotganini tanqid qilindi
bojxona
Foto: Food Logistics

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda import qilinayotgan ayrim tovarlar narxi sun’iy tarzda ko‘rsatilayotganini tanqid qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

«Mahalliy korxonalarimizga yo‘l ochib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qimmat bozorlarga yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur», – dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, ayrim import tovarlar sun’iy ravishda arzonlashtirilgan narxlarda bozorga kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Masalan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kichik muzlatgichning tannarxi $220 ni tashkil etadi. Bozorda u $250 dan sotilayotgani bois, QQS summasi $30 ni tashkil qiladi.

Ammo import qilinayotgan o‘xshash mahsulotning narxi sun’iy tarzda $25 deb ko‘rsatilgan va faqat $3 qo‘shilgan qiymat solig‘i(QQS) solinmoqda. Natijada, mahalliy ishlab chiqaruvchi importchiga nisbatan 10 barobar ko‘p soliq to‘laydi.

Yangi farmonga muvofiq, endilikda chetdan keltirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mineral suv ishlab chiqaruvchilarining koʻrsatkich tekshiruvi bir joyda tashkil etilishi haqida yozgandi.