Avto

Chevrolet kompaniyasi Silverado EV modelini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Avtomobil qariyb $98 minggacha baholangandi
Chevrolet
Chevrolet kompaniyasi Silverado EV modelini ishlab chiqarishni to‘xtatdi — sababi noma’lum / Foto: chevrolet.com

Chevrolet kompaniyasi 2026-yilgi Silverado EV elektr pikapining eng to‘liq va qimmat RST komplektatsiyasini ishlab chiqarishdan voz kechdi. Bu haqda 32cars.ru nashri xabar berdi.

Mazkur komplektatsiya 24 dyuymli disklar, Super Cruise haydovchi yordam tizimi va kengaytirilgan yurish zaxirasiga ega bo‘lib, narxi qariyb $98 minggacha baholangandi. Bu narx uni AQSHda amal qiluvchi elektromobillarga beriladigan federal imtiyozlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilgan.

RST komplektatsiyasi 2024-2025-yil modellari uchun mavjud edi. Kompaniya 2026-yildan boshlab uni yo‘l sharoitlari uchun moslashtirilgan yangi Trail Boss versiyasiga almashtiradi. Rasmiy sabablari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, hozirda dilerlik markazlarida 1 746 ta eski Silverado EV RST avtomobillari mavjud.

Yangi Silverado EV 2026 BT1 platformasida ishlab chiqariladi. U to‘liq uzatmali bo‘lib, GM’ning elektromotor tizimi bilan jihozlanadi. Ishlab chiqarish 2025-yil 19-maydan boshlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Captiva elektromobilining rasmlari paydo boʻlgani haqida yozgandi.