Dollarning rasmiy kursi yana tushdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
21-apreldan 26,23 soʻmga tushdi

21-aprel kuni bir AQSh dollarining rasmiy kursi 26,23 soʻmga tushib, 12 938,20 soʻmni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 880 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 965 – 13 025 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 33,72 soʻmga pastlab, 14 7410,73 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,23 soʻmga koʻtarilib 159,51 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.