Banklar va moliya

Endi faktoring tashkilotini ochmoqchi bo‘lganlar Markaziy bankdan ruxsat oladi

Yangi qabul qilingan qonun bilan
Endi faktoring tashkilotini ochmoqchi bo‘lganlar Markaziy bankdan ruxsat oladi / Foto: Itranslation.com

Endilikda tadbirkorlar valyuta operatsiyalarini erkinroq amalga oshiradi. Bu haqda qonun qabul qilindi.

Unga ko‘ra agar bitimda xorijlik hamkor ishtirok etsa, banklar valyutada moliyalashtirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu tartib ilgari mavjud bo‘lmagan.

Markaziy bank esa elektron faktoring platformalarini nazorat qiladi. IT xavfsizlik, kiberxavfsizlik va audit talablari endi majburiy bo‘ladi. Ichki audit xizmati esa faqat auditorlar emas, balki Markaziy bank rahbariyatiga ham hisobot beradi.

Bundan tashqari, kafolat berish yoki faktoring tashkilotini ochmoqchi bo‘lganlar endi Markaziy bankdan maxsus ruxsat oladi. Filial ochish, uni yopish yoki ustav fondining 10 – 20 foizini sotib olish kabi harakatlar haqida esa bankka oldindan xabar qilinishi kerak.

Ma’lumot uchun, faktoring – bu moliyaviy amaliyot boʻlib, uning doirasida kompaniya oʻz debitorlik qarzlarini (mijozlar tomonidan toʻlanmagan hisob-fakturalar) moliya muassasasiga sotadi va darhol pul oladi. Bu kompaniyalarga aylanma kapitalni tezda qaytarib olish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bank balansiga olingan mol-mulklarni sotish tartibi soddalashtirilgani haqida yozgandi.