Google AQShda monopoliya sifatida tan olindi

eʼlon qilindi
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklamada monopoliya deb topdi
Google
Google AQShda monopoliya sifatida tan olindi / Foto: Tayfun Coskun/Anadolu Agency/Getty Images

AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama sohasida monopoliya deb e’lon qildi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar bermoqda.

Qoʻshma Shtatlar sudi Google kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan.

Ma’lum boʻlishicha, oʻn yildan ortiq vaqt davomida Google reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.

Da’vogar Amerika hukumati boʻlib, sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.

Hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻp mlrd dollarlik toʻlovlar tufayli kompaniya onlayn qidiruv bozorining qariyb 90 foizini va smartfonlarning 95 foizini nazorat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Google oʻzining DeepMind laboratoriyasi orqali sunʼiy umumiy intellekt (AGI) jamiyatga qanday taʼsir qilishi mumkinligini oʻrganish uchun olim izlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek