Markirovkalash tizimi ustidan nazorat kuchaytiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
Markirovkalash tizimi ustidan nazorat kuchaytiriladi / Foto: Unspalsh

Markirovkasiz tovarlar savdosining oldini olish maqsadida tizim ustidan nazoratni kuchaytirish belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektorda ma’lum qilindi.

Soliq va Bojxona qoʻmitalariga markirovkalashning ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish, markirovkalash talabi bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Shuningdek, 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov oʻrnatilmaydi. Endilikda faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri mineral suv ishlab chiqaruvchilarining koʻrsatkich tekshiruvi bir joyda tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek