
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda fermer xo‘jaligi rahbari suv nasosiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 215,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etildi.
Shuningdek, departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda YATT «U.M.» savdo do‘koni hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 123,9 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etilishi haqida xabar bergan edi.