
Samsung kompaniyasi rasman Galaxy M56 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda SamMobile nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qurilma kompaniya tomonidan «eng monstrona monstr» deb e’lon qilindi (The Monsterest Monster). Biroq 5000 mA·soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lsa-da, Galaxy M56 avtonomlik (mustaqil ishlash) bo‘yicha «monstr» deyishga uncha mos emas, deya baholandi. Ishlashiga kelsak, u Exynos 1480 protsessori asosida ishlaydi. Operativ xotira hajmi — 8 GB, doimiy xotira esa 128 yoki 256 GB. Qurilma Android 15 tizimi va One UI 7.0 interfeysi bilan ishlaydi. Samsung bu model uchun 6 yil davomida yangilanishlar kafolatini bermoqda.

Galaxy M56 Full HD+ aniqlikdagi Super AMOLED displeyga ega bo‘lib, 120 Gts yangilanish tezligi bilan jihozlangan. Avvalgi modellarga nisbatan ekran ramkasi 36% ingichkalashtirilgan. Displey Corning Gorilla Glass Victus+ bilan himoyalangan, barmoq izi skaneri esa ekran ostiga joylashtirilgan.
Asosiy kamera tizimi 3 ta moduldan iborat: 50 MP (OIS bilan), 8 MP va 2 MP. Old kamera — 12 MP. Smartfon 5000 mA·soat sig‘imli akkumulyator va 45 Vt quvvatdagi tezkor zaryadlash funksiyasiga ega. Shuningdek, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3, NFC modullari bilan jihozlangan. Qurilma 7,2 mm qalinlikda bo‘lib, vazni 180 grammni tashkil etadi. Galaxy M56ning bazaviy versiyasi narxi (sotuvdagi chegirma bilan) 300 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple 2027-yildan bukiladigan iPhone ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edik.