Yangiliklar

SpaceX «Oltin gumbaz» loyihasiga eng yaqin nomzodga aylandi

Loyiha qiymati $6 – 10 mlrdni tashkil qiladi
SpaceX «Oltin gumbaz» loyihasiga eng yaqin nomzodga aylandi / Foto: Brandon Bell / Pool via Reuters

Ilon Mask boshchiligidagi SpaceX kompaniyasi AQSHning prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan yirik harbiy loyiha – «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimi bo‘yicha asosiy ishtirokchiga aylanish arafasida. Bu haqda Reuters nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu loyiha yuzlab mlrd dollar turishi mumkin va SpaceX’ning mudofaa sektoridagi eng katta yutug‘i bo‘lishi mumkin.

Rejaga ko‘ra, 400 dan 1000 tagacha sun’iy yo‘ldosh raketa tahdidlarini aniqlash uchun orbitaga chiqariladi. Yana 200 ta sun’iy yo‘ldosh to‘g‘ridan to‘g‘ri zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan. Eng qiziqarli jihati – loyihani obuna asosida moliyalashtirish taklifi, bu esa Pentagonda bahslarni keltirib chiqarmoqda. Pentagon tizim ustidan narx va yangilanish nazoratining yo‘qolishidan xavotirda.

SpaceX o‘zining mavjud sun’iy yo‘ldoshlarini ham bu tizimga jalb etishni rejalashtirgan. Loyiha qiymati $6 – 10 mlrd atrofida baholanmoqda.

Bu kelishuvga siyosiy e’tibor ham yuqori – SpaceX, Palantir va Anduril kompaniyalari rahbarlari Tramp tarafdorlari hisoblanadi. Maskning bu muzokaralardagi aniq roli hozircha izohlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grok yordamida hujjat va o‘yinlar yaratish mumkinligi haqida yozgan edik.