
Toshkent viloyatidagi ba’zi aholi yashash hududlaridan tashqarida joylashgan avtomobil yo‘llarida tezlik chegarasi pasaytiriladi. Bu borada viloyat hokimi qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 2025-yil 7-martda berilgan murojaat xatida 37 ta yo‘l qismi tahlil qilinib, ular orasida og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, avtomobillar tezligini soatiga 100 km dan 80 km gacha kamaytirish taklifi ilgari surildi va tegishli tartibda ma’qullandi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi koʻchalardan biri ikki haftaga qisman yopilgan edi.