Toshkentda Tesla yonib ketdi

eʼlon qilindi
Yong‘in 3 daqiqada o‘chirildi
Tesla
Toshkentda Tesla yonib ketdi / Foto: Avtostrada

17-aprel kuni kechqurun Toshkent shahri Yalang‘och mavzesida Tesla rusumli elektromobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Avtostrada nashri ma’lum qildi.

Mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmatlari hodisa joyiga 5 daqiqada yetib bordi va yong‘inni 3 daqiqa ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

Zeekr elektromobilida yuz bergan avvalgi yong‘indan farqli o‘laroq, bu safar jarayon ancha tezlik bilan yakunlandi (Zeekrni o‘chirishga bir soatdan ortiq vaqt ketgandi). Biroq yong‘in Tesla avtomobiliga jiddiy zarar yetkazgani sababli uni qayta tiklashning imkoni qolmadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Zeekr 001 zaryad vaqtida yonib ketgani haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek