
International Beverages Tashkent kompaniyasi O‘zbekistonda Burger King restoranlarini ochish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniya asoschisi Shuhrat Ergashyev O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘lgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, kompaniya allaqachon litsenziyani qo‘lga kiritgan va yaqin 2–3-oy ichida mamlakatda Burger King restoranlari ochiladi. Bu faqat Toshkent bilan cheklanmaydi – poytaxtda markaziy ofis joylashtirilishi va butun Markaziy Osiyo bo‘yicha litsenziya berilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi Pepsi ta’sischisi Burger King Qozog‘istonni sotib olgan edi.