Chery Jetour X70 PLUS C-DM gibrid avtomobili taqdim etildi – narx, foto

19-aprel 2025 11:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Chery
Chery Jietu X70 PLUS C-DM gibrid SUV avtomobili taqdim etildi / Foto: Chery

Chery kompaniyasi yangi Jetour X70 PLUS C-DM gibrid SUV modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Jetour X70 PLUS C-DM benzinli dvigatel va elektr motor bilan jihozlangan. U CLTC standartida 120 km elektr yurish masofasini ta’minlaydi. Modelning ikkita versiyasi mavjud: ularning narxlari mos ravishda $19 ming va $20,1 mingni tashkil etadi.

Jetour X70 PLUS C-DM
Foto: Chery

Yangi avtomobil 2025-yilgi X70 PLUS seriyasining dizayn uslubini davom ettirib, keng radiator panjarasi, LED chiroqlar, yassi rul va ikkita 10.25 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Salon qulayliklari orasida isitiluvchi oʻrindiq, ventilyatsiya, Sony audio tizimi va parkovka sensorlari mavjud.

Jetour X70 PLUS C-DM
Foto: Chery
Jetour X70 PLUS C-DM
Foto: Chery

Modelning umumiy oʻlchamlari 4749×1900×1720 mm, gʻildirak bazasi esa 2745 mmni tashkil etadi. Gibrid tizimda 115 kVt quvvatga ega benzinli dvigatel va 199 kVt quvvatli elektr motor mavjud. Transmissiya sifatida 2-pogʻonali DHT ishlatiladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery Fulwin T9 2025 modelining savdosi boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek