Xorazmda mehmonxona qurmoqchi bo‘lgan investorlarga subsidiya beriladi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha
Xorazmda mehmonxona qurmoqchi bo‘lgan investorlarga subsidiya beriladi / Foto: Yandex

Xorazm viloyatida yangi mehmonxonalar qurilishi uchun investorlarga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda qurilgan mehmonxonalarni jihozlash va qurilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya beriladi. Toifasiz mehmonxonalardagi har bir xona uchun 10 mln so‘m, 1 yulduzli mehmonxonada har bir xona uchun 15 mln so‘m, 2 yulduzli mehmonxonada esa 20 mln so‘m subsidiya ajratiladi.

Mehmonxona kamida ikki qavatli bo‘lishi kerak. Shuningdek, subsidiya olingan mehmonxona kamida besh yil davomida faoliyat yuritishi lozim. Agar u toifali bo‘lsa, ushbu toifani kamida besh yil davomida saqlab qolishi shart.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda yangi elektr stansiyasi qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek