
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlarini qisqartiriladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 1-maydan boshlab bojxona imtiyozlari quyidagicha belgilanadi:
- havo transporti orqali — $1000 (hozirda $2000);
- temiryo‘l va daryo transporti orqali — $500 ($1000);
- avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali — $300 (o‘zgarishsiz);
- xalqaro kurerlik jo‘natmalari — bir oyda $200 (avval bir chorakda $1000)
- xalqaro pochta jo‘natmalari — $100 (o‘zgarishsiz).
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, agar fuqaro xorijda juda qisqa muddat — temiryo‘l yoki avtomobilda 2 kundan kam, havo transportida esa 3 kundan kam vaqt bo‘lgan bo‘lsa, u holda bojsiz olib kirish imtiyozlari qo‘llanilmaydi. Bu holatda tovarlar umumiy qiymatidan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Shuningdek, fuqarolarga $5 minggacha qiymatdagi tovarlarni respublikadan bojxona deklaratsiyasiz olib chiqishga ruxsat beriladi, biroq eksport boji joriy etilgan mahsulotlar bundan mustasno.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan zargarlik sohasi uchun yangi soliq imtiyozlari joriy etilgani haqida yozgandi.