Sport

Eldor Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi

Hisob 1:0
Roma
Foto: «Roma» klubining X’dagi sahifasi

Italiya A seriyasining 33-turidan o‘rin olgan «Roma» – «Verona» uchrashuvi Rim klubi foydasiga yakunlandi – 1:0. Uchrashuvdagi yagona golni o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov urdi.

Shomurodov asosiy asosiy tarkibda maydonga tushib, 4-daqiqada Matias Soulening uzatmasidan so‘ng gol kiritdi. Bu gol uchrashuvdagi yagonaligicha qoldi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida har ikkala jamoa faollik bilan harakat qilgan bo‘lsa-da, «Roma» tez fursatda ustunlikni qo‘lga oldi va o‘yinning katta qismini nazorat ostida olib bordi. «Verona» esa hujum qilishga urindi, biroq mezbonlar himoyasi ishonchli harakat qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Roma» hisobiga 57 ochko yozilib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Verona» esa 33 o‘yin natijasiga ko‘ra 32 ochko bilan 14-pog‘onada qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Lester» ustidan ishonchli gʻalabaga erishgani haqida yozgandi.