Fitch global iqtisodiy o‘sish prognozini yiliga ikki foizgacha pasaytirdi

eʼlon qilindi
Savdo urushlarining kuchayishi natijasida
Fitch global iqtisodiy o‘sish prognozini yiliga ikki foizgacha pasaytirdi / Foto: 4kclips /www.depositphotos.com

Fitch reyting agentligi o‘zining har choraklik makroiqtisodiy prognoziga favqulodda o‘zgartirishlar kiritdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti o‘sishi yiliga ikki foizdan kam bo‘ladi.

Tahlilchilar bunday past sur’atdagi global iqtisodiy o‘sish oxirgi marta 2009-yilda kuzatilganini ta’kidlashdi (pandemiya davridagi inqiroz bundan mustasno). Prognozning yomonlashishiga asosiy sabab sifatida savdo urushlarining kuchayishi ko‘rsatilmoqda.

Umumjahon yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishi bo‘yicha prognoz 0,4 foiz punktga kamaydi. AQSh iqtisodiyoti 2025-yil oxiriga borib atigi 1,2 foizga o‘sishi mumkin. Xitoy iqtisodiyoti esa yiliga 4 foizdan kam ko‘rsatkichda o‘sadi. Yevropa Ittifoqi YaIM o‘sishi esa yil yakuniga qadar 1 foizdan past bo‘lishi kutilmoqda.

Agentlik mutaxassislarining fikricha, neftning o‘rtacha narxi bir barrel uchun $65 gacha tushadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston aholisi inflyatsiyani 14,2 foiz darajasida taxmin qilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek