Yangiliklar

O‘zbekistonda dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi

20-aprel kuni
20-aprel ob-havosi
O‘zbekistonda dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Pexels.com

20-aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Toshkent shahri va viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham yomg‘ir kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda ham biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryoda va Surxandaryoda yomg‘irli havo kuzatilmaydi, harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo biroz bulutli bo‘lib, harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 16-21 daraja.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.