O‘zRTXBga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Qayumov Asadulla Urolovich O‘zRTXB boshqaruvi raisining vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ (O‘zRTXB) Kuzatuv kengashining qaroriga qabul qilindi.
Tayinlovga qadar Qayumov Raqobat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Uning yangi lavozimdagi vakolati aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar amal qiladi.
Shu bilan birga, 2019-yildan buyon O‘zRTXB Boshqaruv raisi lavozimida ishlagan Badriddinov Ziyoviddin Bositovich prezident qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq «Kursiv» Gediz Sezgin Beeline Uzbekistan’ning yangi bo‘linmasiga direktori etib tayinlangani haqida yozgandi.