21-aprel kuni Urganch va Nukus reyslari Xalqaro terminaldan uchadi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston U-17 futbol terma jamoasini kutib olish marosimi munosabati bilan
Foto: Uzbekistan Airports

Bugun, 21-aprel kuni O‘zbekiston U-17 futbol terma jamoasini kutib olish marosimi munosabati bilan Toshkent aeroportida vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent — Urganch va Toshkent — Nukus aviaqatnovlari Toshkent aeroportining Xalqaro terminalidan (Terminal 2) amalga oshiriladi. Mazkur reyslar yo‘lovchilari terminalning 12–14-ustunlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afrosiyob poyezdi yangi jadval asosida harakatlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek