
Apple’ning yangi Vision Pro 2 qurilmasi haqidagi ma’lumotlar internetda paydo bo‘ldi. Qurilma yanada yengil titan korpus, to‘q grafit dizayn va yangilangan quvvatlovchi kabel bilan taqdim etiladi, deya yozmoqda Digital Trends.
Unga ko‘ra, kabelning to‘q grafit rangda bo‘lishi va yangicha shakli Apple’ning titan materialga o‘tayotganini bildiradi.
Yangi dizayn garniturani yanada yengil va qulay qiladi. Lightning ulagichi ham o‘zgargan: kontaktlar soni kamaygan. Bu esa energiya samaradorligini oshirishi mumkin.
Vision Pro 2 rasman iyun oyida bo‘lib o‘tadigan WWDC 2025 konferensiyasida taqdim etilishi kutilmoqda. Yangi model o‘zining zamonaviy dizayni va takomillashgan texnologiyalari bilan kengaytirilgan reallik tajribasini yanada qulaylashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq barcha iPhone qurilmalari zudlik bilan yangilanishi shartligi haqida yozgan edik.