
Road24 ilovasiga qo‘shilgan «AvtoSignal» funksiyasi orqali haydovchiga xabar yuborish imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda Autostrada nashri ma’lum qildi.
Bu funksiya yordamida mashina raqamini bilgan holda haydovchiga xabar yuborish imkoniyati taqdim etildi. «AvtoSignal» funksiyasi yordamida foydalanuvchi quyidagi xabarlarni tanlab, avtomobil egasiga jo‘natishi mumkin:
- Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ygan;
- Yo‘lda avariya bo‘lgan;
- Faralar yoqilgan (unutib qoldirilgan);
- Mashina evakuatsiya qilinmoqda;
- Mashina qulflanmagan;
- G‘ildirakda havo yo‘q;
- Orqa faralar ishlamayapti;
- Rahmat, yo‘l berdingiz;
- Zo‘r mashina!
Xabar haydovchiga anonim tarzda yuboriladi. Ammo jo‘natuvchining manzilini ko‘rish imkoni bor. Xabar yuborish va qabul qilish uchun Road24 ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri haydovchilar endilikda jarimalar va boshqa muhim ma’lumotlarni yangi ishlab chiqilgan «Safe Road» mobil ilovasi orqali kuzatib borishlari mumkinligi haqida yozgan edi.