
Apple kompaniyasi barcha iPhone va boshqa markali qurilmalarni sozlamalar orqali yangilashga chaqirdi. iPhone qurilmalari yangilanishi haqida kompaniya xavfsizlik byulletenida ma’lum qildi.
Mutaxassislarning xabar berishicha, tegishli identifikatorlar berilgan CoreAudio (CVE-2025-31200) va RPAC (CVE-2025-31201) operatsion tizimlari (OS) komponentlarida muhim zaifliklar topilgan. Muammo iOS, macOS, tvOS, iPadOS va visionOS’ga ta’sir qiladi.
CoreAudio‘da CVE-2025-31200 zaifligi Apple va Google Threat Analysis mutaxassislari tomonidan aniqlangan. CVE-2025-31201 zaifligi Apple muhandislari tomonidan aniqlangan. Shu munosabat bilan kompaniya zaiflikni tuzatish uchun yangilanishlar tayyorlab, foydalanuvchilardan zudlik bilan qurilmalarini yangilashni so‘ragan.
Xavfsizlik yamog‘i iPhone, iPad, Apple TV, Mac va Vision Pro foydalanuvchilariga yuborilgan va mos ravishda iOS 18.4.1, iPadOS 18.4.1, tvOS 18.4.1, macOS Sequoia 15.4.1 va visionOS 2.4.1 yangilanishlar taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple kompaniyasi ilk bor ramkasiz, ekran osti kamerali va bukiladigan iPhone ustida ishlayotgani xabar bergan edi.