Chempionlarga Cobalt, murabbiylarga esa Tracker avtomobillari beriladi

eʼlon qilindi
Chempionlarga Cobalt, murabbiylarga esa Tracker avtomobillari beriladi / Foto: UFA

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-17 futbol jamoasi a’zolari avtomobillar bilan taqdirlanadi.

Bloger Xushnud Xudoyberdiyevning xabar berishicha, futbolchilarga Cobalt, murabbiylarga esa Tracker avtomobillari topshirilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, yosh futbolchilar bugun soat 19:00dan so‘ng Toshkentga qaytadi.

Avvalroq davlat rahbari jamoani tabriklab, g‘alaba uchun minnatdorlik bildirgandi.

Shuningdek