Avto

Chevrolet Tracker narxida qanday elektromobillarni xarid qilsa boʻladi

Narxlar deyarli farq qilmaydi
Tracker
Chevrolet Tracker narxida qanday elektromobillarni sotib olsa boʻladi / Foto: UzAutoMotors

Avtoolamda yashil energiya ulushi ortib bormoqda.. «Kursiv» nashrining navbatdagi materialida Chevrolet Tracker narxidagi elektromobillar bilan tanishishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda Chevrolet Tracker 2ʼning narxi 215 mln soʻmdan boshlanadi. Shu narx atrofida qaysi turdagi elektromobillarni xarid qilish mumkin?

JAC iEV6E

JAC iEV6E
Foto: Drive.ru

Modelning elektromotor quvvati: 45 kW boʻlib, yuqori tezligi: 102 km/soatni tashkil etadi. Bir martalik toʻliq zaryadlash bilan 310 km masofani bosib oʻtish mumkin. Krossover 100 km masofaga 14 sekundda erisha oladi. Modelning Oʻzbekistondagi narxi 194 mln soʻmdan boshlanadi.

Changan BenBen E-Star

Foto: GonzaMotors

55 kw elektromotor quvvatiga ega ushbu avtomobilning yuqori tezligi 125 km/soatni tashkil etadi. Ushbu krossover bir martalik toʻliq quvvatlanish bilan 310 km masofani bosib oʻtadi. Changan brendining ushbu modeli 31.2 kwh batariya sigʻimiga ega. Uning narxi Oʻzbekistonda 175 mln soʻmdan boshlanadi.

BYD Seagull Full

Foto: ChinaMotors

Ushbu modelning elektromotor quvvati 55 kW tashkil etadi. Yuqori tezligi: 130 km/soat boʻlib, bir martalik toʻliq quvvatlanish bilan 405 km masofani bosib oʻtadi. Model 100 km/ soat tezlikka 9,5 soniyada erishadi. Avtomobilning narxi 208 mln soʻmdan boshlanadi.

Geely Emgrand EV500

Foto: ElectroAuto

Ushbu krossover bir martalik toʻliq quvvatlanish bilan 400 km masofani bosib oʻtadi. 150 kw elektromotor quvvatiga ega ushbu modelning maksimal tezligi 140 km/soatni tashkil etadi. Geely Emgrand EV500 53,1 kwh batariya sigʻimiga ega. Avtomobilning narxi Oʻzbekistonda 270 mln soʻmdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri foydalanilgan Kia Sportage sotib olishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida yozgan edi.