“E-anticor.uz” platformasida rahbar va xodimlar reyestri yuritiladi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-iyulgacha
«E-anticor.uz» platformasida rahbar va xodimlar reestri yuritiladi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida 2027-yil 1-yanvargacha maxsus huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Eksperiment doirasida Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, «O‘zbekneftgaz» va «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatlarining ichki nazorat bo‘linmalariga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari rahbar etib tayinlanadi.

Ushbu bo‘linma rahbarlari bevosita agentlikka bo‘ysunadi, ularning faoliyati esa Agentlik va tegishli tashkilotlar tomonidan hamkorlikda muvofiqlashtiriladi. Shu bilan birga, 2025-yil 1-iyulgacha «E-anticor.uz» platformasida rahbar va xodimlar reyestri yuritilib, hisobotlar elektron shaklda taqdim etiladi va anonim so‘rovlar o‘tkazilishi imkonini beruvchi modul ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kasbiy ta’lim» platformasi ishlab chiqilishi haqida yozgan edik. 

Shuningdek